
Husanov nega o‘ynamayotgani sabablari oshkor qilindi
Abduqodir Husanov “Manchester Siti”dagi oxirgi uchrashuvini 30 mart kuni Angliya kubogi chorak finalida “Bornmut”ga qarshi o‘tkazgan edi. O‘sha bahsning ikkinchi bo‘limida o‘rnini Niko O‘Rayliga bo‘shatib bergan hamyurtimiz yosh jamoadoshiga asosiy tarkibdagi joyini ham boy berdi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qariyb bir oy davomida o‘zbek futbolchisini biror daqiqa o‘ynatgani yo‘q. Ispaniyalik mutaxassis bu qarorini jamoada ichki raqobat kuchli ekani, Niko O‘Raylining chap qanotda samarali o‘ynayotgani, Ruben Diash va himoya markaziga ko‘chgan Yoshko Gvardiol bexato harakat qilayotgani bilan izohladi.
“Manchester Siti”ning fevral oyidagi eng zo‘r o‘yinchisi birdaniga asosiy tarkibdan olingani nafaqat o‘zbekistonlik muxlislar, balki “shaharliklar”ning butun dunyoga yoyilgan ishqibozlarida ham haqli savollarni keltirib chiqardi.
Nufuzli manbalardan biri – manchestercity.news sayti mutaxassisi Darren Luni Angliya futbolini yoritayotgan bir necha manbalar va ekspertlarning Abduqodir Husanov tushib qolgan vaziyat bo‘yicha izohlarini e’lon qildi.
- Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi hayoti oson kechayotgani yo‘q. “Lans”dan “Etixad”ga 33 million funt sterling evaziga olib kelingan 21 yoshli himoyachi Liga 1 va Premer-liga futboli o‘rtasidagi farqni darrov o‘zida his qildi.
Yil boshida Xosep Gvariola jamoasiga qo‘shilishi bilan to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etgan o‘zbek legioneri mana keyingi oltita uchrashuvda ko‘rinish bergani yo‘q. Bu “Manchester Siti” muxlislarida turli savollarni keltirib chiqarmoqda, - deb yozdi Darren Luni va fanatlar savollariga javob tariqasida bir necha ekspertlar va manbalar izohini keltirdi.
Dion Dublin:
“Manchester Siti” Abduqodir Husanovning maydondan tashqaridagi hayotidan hayratga tushdi. 21 yoshli futbolchi o‘zi uchun har tomonlama boshqacha bo‘lgan yangi muhitga tezroq va chuqurroq moslashish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda.
Husanov braziliyalik Vitor Reys bilan do‘stlashib oldi va bu aloqalar o‘zaro hamkorlikka aylanib boryapti.
“Manchester Siti” fanatlari kelajakda bu o‘yinchi keltiradigan samaralarni ko‘rishi aniq. Chunki O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi kelasi mavsumga hozirdan tayyorgarlik ko‘ryapti.
Daily Mail:
“Manchester Siti”ga kelishdan oldin Husanov bir oy davomida jiddiy shug‘ullanmagani o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu birinchi navbatda, Frantsiya chempionatidagi qishki tanaffus bilan bog‘liq. Keyin Manchesterga transfer yaqinlashgani uchun “Lans” bosh murabbiyi Uill Still uni guruh mashg‘ulotlariga jalb qilmadi.
Qo‘shimchasiga Niko O'Raylining chap qanotda paydo bo‘lishi, himoya markazida Ruben Diash va Yoshko Gvardiol yaxshi o‘ynayotgan va Xosep Gvardiola to‘rt himoyachi bilan o‘ynay boshlagani Husanovning chetga chiqishiga turtki bo‘ldi.
Endi Husanov 2025-2026 yilgi chempionat boshlangunicha mavsumoldi yig‘inlaridagi tayyorgarlik jarayonida yana o‘zini ko‘rsatish orqali asosiy tarkibga qaytishga urinib ko‘radi.
Roy Kin:
“Manchester Siti”dagi hayotiningdastlabki murakkab bosqichidan keyin iqtidorli o‘yinchi Abduqodir Husanov faoliyatida hammasi o‘z iziga tushadi.
Ta’kidlash lozimki, ekspertlar Abduqodir Husanovning maydonga tushirilmayotgan ko‘proq Gvardiolaning mavsumning hal qiluvchi pallasida asosan natija uchun o‘ynayotgani, UEFA Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi va Angliya kubogi qo‘lga kiritilmagunicha bellashuvlarda samara keltirayotgan to‘rt himoyachi bilan o‘ynash usulini qo‘llashda davom etadi.
Hozircha o‘yinlarga jalb etilmayotgani Husanovga muloqotda muhim bo‘lgan ingliz tilini o‘rganish va bosh murabbiyning futbolchilarga qo‘yayotgan talablarini chuqurroq anglab etish uchun qo‘shicha vaqt va imkoniyat beradi.
“Manchester Siti” mutasaddilari Abduqodir Husanovning noyob iqtidor egasi ekanini yaxshi biladi va jamoadagi vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarishi vaqt masalasi ekani aytilmoqda.
Raneri va Shomurodov A Seriyani dahshatga solmoqda
Husanovning jamoasi "Real" bilan katta ishga qo‘l urmoqda
Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!
Fikrlar