Husanovning jamoasi "Real" bilan katta ishga qo‘l urmoqda

  • 11 may, 10:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasi ishtirokchisi “Manchester Siti” futbolchisi ekanini inobatga olib, sports.uz portali ushbu klub lageriga tegishli yangiliklarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga haqola qilishda davom etadi.

Tecno

“Manchester Siti” rahbariyati tarkibni yangilash siyosatini yozgi transferlar davrida ham davom ettiradi. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola jamoaga yosh, kurashuvchan va shu bilan birga kuchli o‘yin ko‘rsata oladigan yangi ijrochilarni olib kelishga qaror qilgan.

“Shaharliklar” anchadan beri “Real”ning universal hujumchisi Rodrigoga ko‘z tikib keladi. Nihoyat, klub mutasaddilari joriy mavsum yakunlanishi bilan braziliyalik yulduzni olish harakatlarini boshlaydi.

Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” Rodrigo Goes transferi bo‘yicha “Real”ga dastlabki rasmiy taklifni tayyorlamoqda.

“Shaharliklar” dastlab, madridliklarga muayyan summa taklif qilib ko‘radi va vaziyatga qarab, “Qirollik klubi”ning roziligini olish uchun badal miqdorini oshirmoqchi.

“Real” ham keyingi ikki mavsumda Jud Bellingem va Kilian Mbappe kelganidan keyin ikkinchi planga o‘tib qolgan Rodrigoni sotib yuborishga qarshi emas. Transfer amalga oshishi uchun manchesterliklar hujumchining roziligini olishi kerak.

Braziliyalik hujumchi o‘ziga jamoadagi asosiy rollarni beradigan klub bilan hamkorlik o‘rnatishga qarshi emasligini bildirgan. Biroq ungacha 24 yoshli futbolchi “Real”ga yangi tayinlanadigan murabbiy bilan kelajagi va o‘yin amaliyotini kafolatlash bo‘yicha gaplashib olmoqchi.

Husanovning mashhur raqobatchisi ketadi

“Manchester Siti” mutasaddilari yoshi o‘tib qolayotgan futbolchilar bilan xayrlash siyosatini to‘xtatmoqchi emas. Xususan, qishki transferlar vaqtda mutasaddilari jamoa sardori Kayl Uokerni “Milan”ga o‘tkazib yubordi.

Jamoaning 33 yoshli yulduzi Kevin de Bryuyne ham yuqori saviyada o‘ynayotganiga qaramay, bosh murabbiy Xosep Gvardiola belgiyalik pleymeykerning klubdan ketishini aytgan.

TBR Football nashrining yozishicha, tajribali markaziy himoyachi Jon Stounz ham “shaharliklar” safidan chiqish ehtimoli ortib bormoqda.

Angliyalik futbolchini avvalgi klubi – “Everton” yordamga chaqirmoqda. “Manchester Siti” esa. 30 yoshli o‘yinchining ketishiga yo‘l ochib berishga tayyor.

Stounz Manchesterga kelguniga qadar, 2013-2016 yillar davomida aynan “Everton”da to‘p tepgan va bu jamoadagi ishonchli o‘yinlari bilan manchesterliklar nazariga tushgan.

“Everton”dan tashqari Angliya Premer-ligasining yana bir necha klublari tajribali o‘yinchi bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyor. O‘z navbatida, “Manchester Siti” yanvarda himoya markaziga Abduqodir Husanov va Vitor Reys kabi yosh o‘yinchilarni oldi. Shuningdek, ayni paytda ijara asosida “Lans”da o‘ynayotgan Juma Ba ham kelasi mavsum oldidan Manchesterga qaytadi va himoya markazidan joy olish uchun raqobatga kirishadi.

Jon Stounzning “Manchester Siti” bilana yana bir yillik shartnomasi bor. Transfermarkt portali ekspertlari bu himoyachini 30 million evroga baholamoqda.

“Roma” hal qiluvchi pallada katta yo‘qotishga uchradi. Shomurodov esa...
Husanovning “Manchester Siti”dagi ahvoliga oydinlik kiritildi

Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!

Husanov jamoasiga yaxshi xabarlar kela boshladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!