Husanov qachon maydonga tushishi hal bo‘ldi

  • 28 oktabr, 06:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 21 sentyabrda “Arsenal” bilan bo‘lgan uchrashuvda olgan jarohatidan roppa-rosa bir oy davolanishiga to‘g‘ri keldi.

Tecno

21 yoshli himoyachi mashg‘ulotlarni boshlab yuborgani xabar qilindi. Joriy mavsum o‘zbek futbolining barcha etakchilari kabi Abduqodir uchun ham o‘ta muhim hisoblanadi. Chunki ular O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida kelasi AQSh, Kanada va Meksikada bo‘ladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Husanovning o‘zi salomatligi tufayli milliy terma jamoamizning sentyabr va oktyabr oynalaridagi yig‘inlari va uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi. Qolaversa, “Manchester Siti”da ham uning yo‘qligi bilindi. Ayniqsa, so‘nggi turda “Aston Villa”ga boy berilgan uchrashuvda “shaharliklar” himoyasi juda bo‘sh o‘ynadi va tanqidlarga nishon bo‘ldi.

Abduqodir Husanov safga qaytishi bilan  Pep Gvardiola va “Manchester Siti” yaqinlashib kelayotgan muhim uchrashuvlar oldidan oldidan himoya chizig‘ida sezilarli darajada kuchayishga erishdi.

Angliya grandi mavsumning o‘ta ahamiyatli davriga qadam qo‘ymoqda. Jamoani noyabr oyidagi xalqaro tanaffus oldidan ichki va xalqaro musobaqalarda muhim bahslar kutib turibdi.

“Manchester Siti” etakchi o‘yinchilarning jarohatlanishi ortidan ma’lum muddat himoya va yarim himoyada bir qancha qiyinchiliklarga duch keldi. Gvardiolaning taktik tizimi futbolchilarning pozitsiyalar bo‘yicha moslashuvchanligini talab qiladi, shuning uchun jarohatdan sog‘aygan futbolchilarning qaytishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Bu kuchayish juda zarur paytga to‘g‘ri keldi. “Manchester Siti” 29 oktyabr kuni  Angliya Ligasi Kubogi 4-raundida “Suonsi Siti”ga qarshi safarda o‘ynaydi. Aynan mana shu bahsda Abduqodir Husanovning jarohatdan keyingi jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda.

Chunki jamoa kelasi oyning boshida Premer-liga doirasida “Bornmut” (2 noyabr ) va “Liverpul”ga (9 noyabr) qarshi uy uchrashuvlari kutib turibdi. Bundan tashqari, Chempionlar ligasi umumiy guruhining to‘rtinchi turida “Borussiya Dortmund” 5 noyabr kechasi “Etixad” arneda “shaharliklar”ga qarshi saf tortishi belgilab qo‘yilgan.

Husanovning maydonga qaytishi Pep Gvardiola uchun katta engillik bo‘ldi, chunki u Abduqodirning xotirjamligi, to‘pni himoyadan oldinga etkazish mahorati va ko‘p pozitsiyada — jumladan, o‘ng qanot himoyasida o‘ynay olish qobiliyatini juda qadrlaydi.

21 yoshli futbolchining sog‘ayishi jamoaga yangi energiya va kuch bag‘ishlaydi. Bu ayniqsa muhim, chunki Gvardiola yuqori intensivlikdagi o‘yinlarda taktik muvozanat va nazoratni ustun qo‘yadi. Husanov esa, aynan mana shu talablarni to‘liq bajarishga qodir o‘yinchi hisoblanadi.

Abduqodir Husanov joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida to‘rtta va Evropa Chempionlar ligasida bitta uchrashuvda ishtirok etgan. Hamyurtimiz barcha bahslarni boshlang‘ich tarkibda boshlagani ahamiyatli.

Demak, yana Abduqodirning maydondagi o‘yinlarini kuzatishda davom etamiz. Husanov “Manchester Siti” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun muhim figuralardan hisoblanadi.  

Husanovdan keyin “Manchester Siti”ga yana bir xushxabar keldi

Husanovdan boshqasi Saloh va Isaakni to‘xtatolmaydi! Fanatlar yana nimalar deyapti?

Husanovsiz bo‘lmaydi! “Manchester Siti” sardori himoyani tanqid qildi
Yana qancha gol kerak? Shomurodov endi haqiqiy to‘purarligini isbotlayapti...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!