Husanovdan boshqasi Saloh va Isaakni to‘xtatolmaydi! Fanatlar yana nimalar deyapti?
Abduqodir Husanovning jarohatidan tiklanish muddati kutilganidan cho‘zilib ketdi. Bir oy davomida maydondan tashqarida yurgan hamyurtimiz jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.
21 yoshli legionerimizning yana maydonga qaytgani nafaqat o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini, balki “Manchester Siti”ning dunyo bo‘ylab yoyilgan boshqa muxlislarini ham xursand qilgani bor gap. Chunki ularning Husanovdan umidi katta.
Noyabr va dekabr oyining boshida “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasi va Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida o‘ta kuchli raqiblarga qarshi muhim uchrashuvlarni o‘tkazishi belgilangan.
Xususan, “shaharliklar” 9 noyabr kuni o‘z maydonida mamlakatning amaldagi chempioni “Liverpul”ni qabul qiladi. 10 dekabrda esa, Xosep Gvardiola o‘z shogirdlarini “Real” bilan “Santyago Bernabeu”dagi bo‘ladigan to‘qnashuvga olib boradi.
“Manchester Siti” fanatlari bo‘lajak murakkab uchrashuvlarda himoyada Abduqodir Husanov o‘ynab, Muhammad Saloh, Aleksandr Isaak, Florian Virts, Kilian Mbappe, Vinisius Junior kabi yulduzlarga qarshi turishini istayapti.
Darhaqiqat, 21 yoshli himoyaimiz o‘tgan mavsumda “Liverpul” va “Real”ga qarshi juda zo‘r o‘yin namoyish qilib, muxlisu mutaxassis e’tiborini qozongan edi.
Sports.uz portali “Manchester Sit” fanatlarining ijtimoiy tarmoqlarda Abduqodir Husanov haqida bildirayotgan fikr-mulohazalarini o‘quvchilar e’tiboriga havola qilishda davom etadi.
DëNq Må:
Abduqodir Husanov maydonda bo‘lganida umuman xavotirga o‘rin qolmaydi. Ayniqsa, “Liverpul” va “Real”ga qarshi o‘yinlarda Husanovga muhtojmiz.
Suleman Abdullahi:
Husanovni shoshirmanglar, “Liverpul” va “Real” bilan bo‘ladigan o‘yingacha yaxshilab tiklanib olsin.
Mas Bee Suthu:
Qadrdonimiz Husanov maydonga qaytarkan, intizorlik bilan kutamiz.
Steven Thornhill:
Husanov o‘zimizning “Jeki Chan”.
Friszky EG:
Oxirgi paytda Nunesh Husanovning o‘rnini bosib turibdi.
Marco Joao:
Hozirgi tarkibimiz yaxshi ekan.
Chongo Newton:
Husanov tarkibga qaytsa, endi asosiy e’tiborni himoyaning chap qanotini kuchaytirishga qaratish lozim.
Esau Energy Mwiinga:
Husanovning jarohatidan juda xafa bo‘ldik.
Michael Obi:
Tezroq safga qayt, Husanov!
Shadi Mangira:
Abduqodir ideal himoyachi!
Kingforward Ndhlovu:
Husanov “Liverpul”ga qarshi o‘yinchigacha tayyor bo‘lishini kutyapman. Chunki undan boshqasi Muhammad Saloh, Flrian Virts va Aleksandr Isaakni to‘xtata olmaydi.

Fikrlar