Husanov transferi yaqin vaqt ichida e’lon qilinishiga ishora

  • 12 yanvar, 17:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birozdan so‘ng Frantsiya chempionati doirasida "Gavr" hamda "Lans" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv start oladi. Mazkur uchrashuvda Abduqodir Husanov ishtirok etmaydi. Futbolchimiz hattoki ushbu o‘yin uchun jamoaning kengaytirilgan tarkibidan ham o‘rin olmagan. 

Biroz avval insayder Fabritsio Romano yaqin 48 soat ichida "Siti" mazkur o‘tishni rasman e’lon qilishini yozgandi. 

Ta’kidlash kerak, Husanov "Siti" bilan 4.5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Uning transferi uchun "shaharliklar" 40 million evro sarflaydi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!