Husanov yangi shartnoma haqida o‘z fikrlarini bildirdi
«Manchester Siti» himoyachisi Abdukodir Xusanov klub bilan yangi shartnoma imzolagandan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi bo‘lgan 22 yoshli futbolchi jamoa bilan kelishuvini 2031 yilgacha uzaytirdi.
«Bu men va oilam uchun juda katta kun – «Manchester Siti»da qolishimni uzaytirganimdan juda xursandman. Manchesterga kelgan kundan boshlab har daqiqadan zavq oldim. Futbolchi sifatida ancha o‘sganimni, ko‘p narsalarni o‘rganayotganimni his qilyapman.
Endi oldimda yangi vazifa turibdi – Enco Mareska va uning murabbiylar shtabi ishonchini qozonish, jamoa tarkibiga muntazam kirib borish. Bu maqsadga erishish uchun qat’iy bel bog‘laganman.
«Siti» muxlislariga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Angliyaga va Premier-ligaga moslashish jarayonida sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz men uchun juda muhim bo‘ldi. Endi faqat oldinga qarayapman. Bu klub imkoniyati boricha ko‘proq yutuqlarga erishishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorman», – dedi Xusanov.

Fikrlar