Husanovga “Siti”ning afsonaviy sardori kuchli maslahat berdi!
Evropa futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manbalardan onefootball.com portali “Manchester Siti”ning sobiq afsonaviy himoyachisi va sardori Richard Dann “shaharliklar”ning o‘zbekistonlik legioneri Abduqodir Husanovning “Etixad”dagi kelajagi haqida bildirgan ochiq fikrlarini muxlislar e’tiboriga havola qildi.
- O‘zbekistonlik yosh futbolchi Abudqodir Husanov tajribali murabbiy Xosep Gvardiola boshqaruvidagi asosiy jamoada rivojlanishni davom ettirar ekan, uning klubdagi uzoq muddatli istiqboli haqidagi muhokamalar kuchaydi.
Abuqodir jamoaga ulkan jismoniy salohiyatga ega “loyiha futbolchisi” sifatida kelgan va klub rahbariyati uni Evropaning zamonaviy yuqori darajali himoyachilari qatorida ko‘rishga ishonmoqda.
21 yoshli futbolchi hozirda jamoada o‘yin vaqti uchun katta raqobatga duch kelmoqda, chunki “Siti” himoya chizig‘i jahon darajasidagi futbolchilar va katta xalqaro tajribaga ega sportchilar bilan to‘la. Biroq u himoya markazidan tashqari o‘ng qanot himoyachisi sifatida ham o‘ynay olishi sababli ko‘p qirralilik namoyon etmoqda.
Husanov cheklangan imkoniyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, “Manchester Siti” mutasaddilari uning aqlli o‘yini, jismoniy qobiliyati va Pep Gvardiolaning murakkab himoya tizimiga moslashishga bo‘lgan ishtiyoqidan juda kuchli ta’sirlangan. Ayniqsa, katta o‘yinlardagi harakatlari yuqori baholanmoqda.
Husanov “osmon ranglilar” safida o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida hamda yangi mavsum boshida ishonchli o‘yinlarni namoyish qildi. Keyinchalik jarohat sababli u safdan chiqdi.
“Manchester Siti”ning afsonasi va sobiq sardori Richard Danndan Abduqodir Xusanovga klubda muvaffaqiyat qozonish uchun qanday maslahat berishi haqida so‘rashdi. Javob quyidagicha bo‘ldi.
- Bu moslashish davri haqida. Ayrimlar tezroq moslashadi, boshqalar esa ko‘proq vaqt talab qiladi. Menimcha, Husanov hali APL sur’atidan bir oz hayratda. U juda tez, lekin ba’zan qaror qabul qilishda shoshilib, follar yoki xatolarga yo‘l qo‘yadi. Ammo tajribaning oshishi bilan bu jihatlarini yaxshilaydi.
Albatta, “Siti” hozir so‘nggi yillardagi kabi mutlaq hukmron emas, shuning uchun hozir yosh himoyachilarga ko‘p imkoniyat berish vaqti emasdek. Ammo mavsum davomida Abduqodir etarlicha o‘yinlarda qatnashib, tajriba orttiradi va rivojlanadi.
Husanov har kuni mashg‘ulotda jahon darajasidagi futbolchilar bilan birga shug‘ullanmoqda, bu uning o‘sishiga katta yordam beradi. U sabr-toqatli bo‘lishi kerak, chunki dunyodagi eng kuchli klublardan birida o‘ynayapti. Darhol asosiy tarkibga kirish qiyin. U murabbiyni ishontirishi va o‘yinda qaror qabul qilishini yaxshilashi kerak.
O‘zbek futbolchisi yaxshi himoyachi bo‘lish uchun zarur bo‘lgan barcha jismoniy xislatlarga ega. Men ishonamanki, murabbiy unga doim yordam berib, pozitsiyani to‘g‘ri tanlash va to‘pni qanday qaytarish kerakligini tushuntirib boradi.
Menimcha, uni kelajak uchun sotib olishgan va u hali elita darajasiga etmagan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishda sezilarli o‘sish ko‘rsatmoqda, - dedi Richard Dann.
Abduqodir Xusanovning rivojlanish yo‘li ehtimol asosiy jamoa bilan doimiy mashg‘ulotlar va turli musobaqalarda aniq rejalashtirilgan o‘yin daqiqalari bilan uyg‘unlashib borishda davom etadi. Ayniqsa, Jon Stounz jarohat bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirayotgan bir vaqtda, imkoniyatlar tabiiy ravishda paydo bo‘lishi mumkin.
Hozircha klub va murabbiylar uning sekin-asta rivojlanishiga e’tibor qaratmoqda. Richard Dannning fikrlari ham shunga mos keladi, ya’ni Xusanov hozircha har bir o‘yinni boshdan o‘ynaydigan darajada tayyor bo‘lmasligi mumkin, ammo unda “Manchester Siti” kelajagida muhim figuraga aylanish uchun barcha zarur jihatlar mavjud, - deb yozdi onefootball.com portali.
Kannavaro Shomurodov o‘yinini ko‘rgani borganiga Turkiyada qanday munosabat bo‘ldi?
Shomurodov Turkiyada to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi
Bugun Shomurodov yana gol urishi kerak, Fayzullaev esa...
Husanovning jarohatdan keyingi birinchi o‘yini qanday baholandi?



Fikrlar