Kannavaro Shomurodov o‘yinini ko‘rgani borganiga Turkiyada qanday munosabat bo‘ldi?
Turkiya chempionatining o‘n birinchi turini “Istanbul Bashakshehir” va “Kojaelispor” uchrashuvi ochib berdi. Musobaqa jadvalining o‘rta qismida birin-ketin joylashgan bu ikki jamoaning o‘zaro to‘qnashuvi keskin va murosasz kurashlarga boy bo‘ldi.
Ushbu uchrashuv taqdirini uchrashuv yakunlanishi arafasida penaltidan to‘p kiritgan Eldor Shomurodov hal qildi. Shu tariqa, o‘zbek legionerining gollari istanbulliklarga ketma-ket ikkinchi o‘yinda g‘alabani ta’minlab.
E’tiborli jihati, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bevosita stadiondan kuzatib bordi. Uning maqsadi terma jamoamizning sardori va etakchisining bugungi kundagi darajsini shaxsan kuzatish edi.
“Istanbul Bashakshehir”dagi ikkinchi vakilimiz Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘ini davomidagi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgani bois, “Kojaelispor” bilan bo‘lgan o‘yinda qatnashmadi. Abbos tribunadi Fabio Kannavaro bilan yonma-yon o‘tirib bahsni tomosha qildi.
Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida o‘yin haqidagi fikrlarini bildirgan “Istanbul Bashakshehir” bosh murabbiyi Nuri Shaxin hamkasbi Kannavaroning kelganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
- O‘yinni juda yaxshi boshladik. Dastlabki besh daqiqadayoq xavfli vaziyatlar yarata oldik. Ayrim holatlarda yaxshi o‘ynay olmagan paytimiz ham bo‘ldi. Umuman olganda, “Kojaelispor”ga qarshi o‘yinda bir necha qulay vaziyatlaraga bo‘ldik, ikkinchi bo‘limda esa, to‘liq ustunlik qildik.
Bu g‘alabaga munosib bo‘ldik. Muhimi, biz qatorasiga uchta uchrashuvdan beri o‘z darvozamiz daxlsizligini saqlab kelyapmiz. Mana shu ham meni xursand qiladi.
Uchrashuvda biz raqib jarima maydoniga 41 marta kirdik. Bunaqa holatda nimadir bo‘lishi aniq edi. Penalti tepish jarayonini esa, kuzatmadim.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kanavvaro “Bashakshehir”ning o‘zbekistonlik o‘yinchilarini ko‘rish uchun tashrif buyurdi. O‘yindan keyin oldimizga kelib, g‘alaba bilan tabrikladi. Biroq suhbatlashdik.
Bu o‘g‘lim uchun ajoyib xotira bo‘lib qoldi. Biz esdalik uchun suratga tushdik. Men Kannavaroga bo‘lajak jahon chempionatida muvaffaqiyat tilayman,- dedi “Istanbul Bashakshehir” bosh murabbiyi Nuri Shaxin.
Ta’kidlash joizki, bosh jamoamiz etakchisi Eldor Shomurodov “Bashakshehir”ga ko‘chib o‘tganidan beri to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelmoqda. 30 yoshli hujumchi hozirga qadar Superligada “Beshiktosh”, “Alanyaspor”, “Konyaspor”, “Galatasaroy”, “Kojaelispor” darvozalariga bittadan to‘p kiritgan bo‘lsa, “Antalyaspor” maydonidagi to‘qnashuvda dubl qayd etdi.
Mavsumdagi umumiy gollari sonini ettitaga etkazib olgan Eldor Shomurodov Turkiya Superligasi to‘purarlari poygasida “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu bilan birga etakchilik qilmoqda.
Gvardiola Husanov maydonga qaytganidan keyin yana ikkita yangilik aytdi
Husanovga “Siti”ning afsonaviy sardori kuchli maslahat berdi!
Shomurodov Turkiyada to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi
Bugun Shomurodov yana gol urishi kerak, Fayzullaev esa...



Fikrlar