Shomurodov Turkiyada to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng samarali futbolchisiga aylanib bormoqda.
Chempionatning o‘n birinchi tur uchrashuvini musobaqa jadvalining o‘rtasida ketma-ket o‘rinlarni egallab turgan “Istanbul Bashakshehir” va “Kojaelispor” jamoalari boshlab berdi.
Uchrashuv keskin va murosiz kurashlar ostida o‘tganiga qaramay, muxlislar golni 90 daqiqadan ko‘proq kutdi. “Kojaelispor” futbolchilari so‘nggi daqiqalarda o‘z jarima maydonchasi ichida qoidani buzib, penaltiga sababchi bo‘ldi.
11 metrlik nuqtaga istanbulliklar to‘purari Eldor Shomurodov yaqinlashdi va aniq zarba bilan jamoasiga uch ochko keltirgan yagona gol muallifi bo‘ldi.
Shomurodov “Bashakshehir”ga ketma-ket ikkita g‘alaba keltirish bilan birga, “Kojaelispor” futbolchilarining uch o‘yindan iborat bo‘lgan g‘alabali seriyasiga chek qo‘ydi.
Bu goldan keyin 30 yoshli legionerimiz Turkiya Superligasi to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilayotgan “Trabzonspor” vakili Pol Onuachuga etib oldi. Birinchi o‘ringa chiqib olgan Eldor Shomurodovning gollari soni ham Pol Onuachuniki kabi ettitaga etdi.
“Oltin butsa” uchun kurash asosan Eldor Shomurodov va Turkiya ligasiga “Sautgempton”dan kelgan Pol Onuachu o‘rtasida kechishi kutilmoqda.
Ayni paytda bu ikki etakchini ta’qib qilib kelayotgan “Galatasaroy”ning mashhur yulduzi Mauro Ikardi va “Fenerbahche” hujumchisi Yussuf En-Nessiri hisobida oltitadan gol bor.
Ta’qibchilarning ikkinchi guruhida borayotgan Karlo Xolse (“Samsunspor”), Umut Nayir (“Konyaspor”), Felipe Augusto (“Trabzonspor”), Rafa Silva (“Beshiktosh”), Taliska (“Fenerbahche”) chempionat boshidan beri raqiblar darvozasini besh marotabadan ishg‘ol qilgan.
Shuningdek, “Oltin butsa” uchun kurashga to‘rttadan gol urgan Tayfur Bingol va Bruno Petkovich (“Kojaelispor”), Jesuran Rak-Saki (“Rizespor”) va Temmi Abraxam (“Beshiktosh”) ham qo‘shilish ehtioli juda katta.
Ta’kidlash joizki, “Istanbul Bashakshehir” chempionat boshidan beri 11 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga atigi 12 ta to‘p kiritdi. Biroq shu gollarning yarmidan ko‘pi, ya’ni beshtasi Eldor Shomurodov hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Nuri Shaxin shogirdlari chempionatdagi keyingi uchrashuvini 9 noyabr kuni safarda “Genchlerbirligi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bu bahsda ham Shomurodovdan navbatdagi gollarni kutib qolamiz.
Kannavaro Shomurodov o‘yinini ko‘rgani borganiga Turkiyada qanday munosabat bo‘ldi?
Husanovga “Siti”ning afsonaviy sardori kuchli maslahat berdi!
Bugun Shomurodov yana gol urishi kerak, Fayzullaev esa...
Husanovning jarohatdan keyingi birinchi o‘yini qanday baholandi?



Fikrlar