Husanovning “Manchester Siti”dagi vazifasi aytildi

  • 17 yanvar, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanovning “Lans”dan “Manchester Siti”ga transferi xorijda ham juda ko‘p muhokama qilinmoqda.

Tecno

Ochig‘ini aytganda, Angliyaning amaldagi chempion jamoasi 20 yoshli o‘zbek futbolchisiga 40+10 ko‘rinishida jami 50 million evro to‘lashga rozilik bergani ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi.

Hatto legionerimizni Evropaga tanitgan “Lans” mutasaddilari ham o‘z kashfiyotini 25-30 million evro atrofida baholayotgan edi.  Amalda lansliklar 100 ming evroga olingan futbolchi transferidan to‘rt yuz baravardan ko‘proq daromad qildi.

O‘zbek futbolchisining Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishiga munosabat bildirganlar orasida rossiyalik futbol agenti Dmitriy Selyuk ham bor.

Sports.uz portali ushbu mutaxassisning fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.

- Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da o‘ynab keta oladimi? Bu savolga javob berishda  uning eng zo‘r va qadrli sifati – mehnatkashligini tilga olish kerak. O‘zbek futbolchisi o‘z ustida ko‘p ishlaydi, yakkakurashlarda zo‘r, tezligi anchagina baland.

“Manchester Siti”  bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning markaziy himoyachilarga o‘z talablari borligini ta’kidlash lozim.

Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida himoya markazidan o‘rin olgan o‘yinchilar yuqoriga ko‘tarilib o‘ynashi, aniq paslar uzatishi va hujumlarni boshlab berishi talab etiladi. Aynan mana shu masalada Husanov ma’lum darajada qiyinchilikka duch kelishi mumkin.

Xudo Abduqodirning yo‘lini ochsin!  U yaxshi yigit va juda sifatli himoyachi, - dedi Dmitriy Selyuk.

Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanovning o‘yin uslubini tahlil qilayotgan ekspertlar legionerimiz Angliya Premer-ligasiga mos ekani haqida o‘z xulosalarini bildirmoqda. Va bundan kelib chiqib, Abduqodir bo‘lajak jamoasida o‘ziga qo‘yiladigan vazifalarni uddalash olishiga umid bildiramiz.

Xususan, tahlillar va tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning universallik, tezkorlik, uzoq masofalarga aniq to‘p uzatish orqali hujumlarni boshlab berish qobiliyati alohida e’tirof etilgan.

20 yoshli legionerimiz  juda baland sakraydi va mukammal koordinatsiyaga ega, harakatlarini to‘g‘ri boshqara oladi. Abduqodirning katta boshlang‘ich tezligi bor va xususiyati orqali raqibning tezkor hujumchilari bilan raqobatlashadi.

Husanov bosh bilan ishonchli o‘ynash, yuqoridan kelayotgan to‘plarni qaytarish texnikalarini puxta o‘zlashtirgan. U to‘pni uzoq masofaga aniq etkazish, paslari orqali qarshi hujum boshlash, to‘pni egallab olish, podkat tashlash va pressingga usta.

O‘zbekistonlik futbolchining yana bir asosiy ustun jihati himoyaning turli sxemalariga mos tushadi, markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, boshqa nuqtalarda ham ishonchli o‘ynay oladi, o‘yinni yaxshi “o‘qiydi”, taktikani to‘g‘ri tushunadi.

 O‘zbekiston terma jamoasining iste’dodli, ko‘p qirrali va tezkor himoyachisi endi salohiyati va mahoratini zamonaviy futbol vatani Angliyada ko‘rsatishini kutib qolamiz.

Husanov transferi bo‘yicha muhim yangilik!

"Manchester Siti" nega aynan Husanovni tanladi?

“Roma” Shomurodovni qachon va qaysi jamoaga qo‘yib yuboradi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
uz fifa.uz
16/01/2025 19:11
alidan valiga validan aliga alidan vali bilan aliga sikvordilaring xayf senday sayt xodimlariga
Pardayev Shavkat
16/01/2025 18:03
Ҳусановнинг вазифаси нима эканлигини, Ҳусановга ким айтди? Тутуруқсиз сарлавҳаларни ким тўқиб чиқаради а?! Ҳали унинг трансфери эълон қилинди-ю, унга вазифа ҳам беришдими?! Ёлғоннинг чеки борми? Селюкнинг фикрини ҳам тўғои тушунмай берган. Селюк, Абдуқодир тўғрисида яхши гап айтмаган. 10- синф боласи ҳам бундан яхшироқ ёзган бўлар эди.

&
Abdulboriy Dilshodbekovich
16/01/2025 20:59
Omadini bersin Xusanovni