Husanovning o‘zi etadi. “Siti” boshqa himoyachi olmaydi!

  • 29 yanvar, 11:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” qishki transferlar davridan boshlab tarkibni o‘zgartirishga kirishdi. Yanvar oyining o‘zida jamoaga Abduqodir Husanov,  Vitor Reys va Umar Marmush olib kelindi.

“Shaharliklar” transfer oynasi yopilguniga qadar, “Yuventus” chap qanot himoyachisi Andrea Kambyazoni ham Angliyaga ko‘chirib kelishga harakat qilayotgan edi.

Biroq so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar hozircha bu futbolchini transfer qilmaydigan bo‘ldi.

Bunga ikki sabab keltirilmoqda. Birinchidan, turinliklar o‘z o‘yinchisni biroz qimmat narx – 59 million funtga baholayapti.

Ikkinchidan, 24 yoshli futbolchi bir oydan beri o‘yinlarda og‘riq qoldiruvchi ukol bilan o‘ynayapti. Uning to‘pig‘ida og‘riq bor. Hatto Kambyazo oxirgi mashg‘ulotlarni ham oxirigacha etkaza olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!