Husanovning raqamini yangi hujumchiga berishdi (Foto)

  • 29 yanvar, 17:06
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lans" hujumchi Jeremi Agbonifo transferini e’lon qildi.

Frantsiya klubi yangi o‘yinchini o‘ziga xos tarzda tanishtirishga qaror qildi. E’lon qilingan videoda PokeLens kollektsiya kartochkalarini ochish jarayoni ko‘rsatilgan, ulardan biri jamoaning yangi futbolchisiga tegishli.

Klub taqdim etgan rasmga ko‘ra, Agbonifo jamoaning sobiq himoyachisi, hamyurtimiz Abduqodir Husanov harakat qilgan 25 raqamini olgan.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov "Lans"da to‘p tepgan davrda  Liga 1 bahslarida 25, Frantsiya kubogi doirasidagi o‘yinlarda esa 5-raqam ostida harakat qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!