Husniddin Nishonov jarrohlik amaliyotidan o‘tdi

CHERY AUTO

Ayni kunlarda Qarshi shahrida mamlakat milliy chempionatining 4-tur bahslari qizg‘in davom etmoqda. Futzal ishqibozlari esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “BMB PFC” o‘yinchisi Husniddin Nishonov nega maydonda ko‘rinmayotgani haqida so‘rashmoqda.

Tecno

Husniddin Nishonov bir hafta muqaddam poytaxtimizda jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. Jizzaxdagi tur oldidan uning eski jarohati yana bezovta qila boshlagan edi. O‘zbekiston futzal federatsiyasi ko‘magi hamda Tibbiyot departamenti tavsiyasiga binoan, Nishonov o‘tgan mavsumda Belarusda olgan jarohati joyidan operatsiya qilindi.

Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi. Hozirda Husniddinning sog‘ligi yaxshi, kayfiyati ham yuqori. Mutaxassislar uning tiklanish jarayoniga taxminan bir yarim oy vaqt kerakligini aytishmoqda.

Shu bois Husniddin Nishonov terma jamoamizning VI Islom birdamlik o‘yinlaridagi ishtirokida yordam bera olmaydi. Ammo Osiyo kubogi–2026 final bosqichiga qadar u o‘z sport formasini to‘liq tiklab olishiga umid qilinmoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!