Ian Garri Islom Maxachev uchun eng qiyin raqibmi? Taniqli murabbiy javob berdi

  • 20.02.2026 14:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Taniqli murabbiy Xavier Mendes UFC chempioni Islom Maxachevning ehtimoliy raqibi Ian Garri haqida gapirdi.

"Ian istalgan raqibga jiddiy qarshilik ko'rsata oladi, chunki u yarim o'rta vazn toifasidagi eng kuchli besh nafar jangchi qatoriga kiradi. Biroq Garrini Islom uchun Kamaru Usmonga qaraganda murakkabroq raqib deb hisoblamayman. Sababi "Machado"da Kamaru darajasidagi kurash mahorati yo'q", — dedi Mendes “Chempionat.som” muxbiri Maksim Yakovlevga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, "UFC 322" turnirida Islom Maxachev Jek Della Maddalena ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra g'alaba qozonib, yarim o'rta vazn chempioni bo'lgan edi.

 

Zeboniso Hamidova tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!