IBA jahon chempionati sovrindorlari qancha pul mukofotini yutib oldi?
BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha IBA jahon chempionati yakunlandi. Mazkur musobaqa tarixdagi eng katta mukofot jamg‘armasiga ega turnirlardan biri bo‘ldi. Avvalroq, IBA rasmiylari umumiy mukofot puli 10 million dollar etib belgilanganini ma’lum qilgan edi.
Mukofot taqsimoti quyidagicha:
1-o‘rin: $300,000
2-o‘rin: $150,000
3-o‘rin: $75,000
4-5-o‘rin: $30,000
Har bir pul mukofoti quyidagicha taqsimlanadi: 50% bokschiga, 25% murabbiyga, 25% milliy federatsiyaga.
Eslatib o‘tamiz, 13 nafar bokschi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi yakunda 9 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar