
IBFning oktyabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘zbekistonlik bokschilar qayd etilgan o‘rinlar bilan tanishing!
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) oktyabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
Unga ko‘ra reytingdan 4 ta hamyurtimiz o‘rin olgan:
Birinchi yarim engil vaznda (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliev 3-o‘rinda qayd etildi;
Yarim engil vazn toifasida (57,1 kg) Otabek Xolmatov 15-o‘rinni band etib turibdi.
Super engil vaznda (63,5 kg) Shoxjahon Ergashev 3-o‘rinda qayd etilgan.
Super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) Isroil Madrimov esa o‘tgan oydagidan 1 pog‘ona pastlab, 7-o‘rinda ko‘rsatilgan.
Fikrlar