IBF yangilangan reytingni e’lon qildi yoxud undan uch nafar o‘zbek bokschisi o‘rin olgan

  • 15 mart, 2020, 07:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

E’lon qilingan mazkur reytingda o‘zbekistonlik uch nafar bokschi kuchli 15 talikda qayd etilgan. 

Unga ko‘ra, ikkinchi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Murodjon Ahmadaliev chempion sifatida e’tirof etilgan. Yarim o‘rta vazndagi hamyurtimiz Qudrautllo Abduqahhorov esa hamon 1-o‘rinni hech kimga bermay kelmoqda. Qolaversa, Abduqahhorov WBC da 8 va WBO da 9-pog‘onadan o‘rin olgan.

Birinchi yarim o‘rta (-63,5 kg) vaznda o‘z janglarini o‘tkazadigan Shohjahon Ergashev avvalgi oydagi o‘z o‘rnini saqlab qolgan. Ya’ni oltinchi pog‘onada qayd etilgan. Shuningdek Shohjahon WBA yo‘nalishida ham oltinchi, WBO da 12-o‘rinda bormoqda. Ushbu vazn toifasining yana bir vakili Shahram G‘iyosov esa kuchli 15 talikni tark etgan.

Reytingdan boshqa o‘zbekistonlik bokschilar o‘rin olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!