
Ibragimovich 2 oyga safdan chiqdi
"Milan"ning shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibragimovich chap tizzasidan artroskopik jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Hozircha “rossonerilar” 39 yoshli futbolchining qachon sog‘ayib safga qaytishini ma’lum qilishmayapti. Biroq, Sky Sport Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, Zlatanning safga qaytishi uchun 2 oy muddat talab etiladi. U avgust oyi o‘rtalarida jarohatidan forig‘ bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan Ibragimovich aynan mana shu jarohati sabab Shvetsiya terma jamoasi bilan “Evro-2020”ga bormadi.
Zlatan joriy mavsum “Milan” safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 17 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar