
Ibragimovich "dubl" qayd etgan o‘yinda "Milan" g‘alaba qozondi (video)
Italiya A Seriyasining 9-turida “Milan” safarda “Bolonya” mehmoni bo‘ldi.
Gollarga boy kechgan o‘yinda 2:4 hisobida “rossonerilar”ning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Milan” safida gollarni Rafael Lean (16'), Davide Kalabriya (35'), Ismael Bennaser (84') va Zlatan Ibragimovich (90') kiritgan bo‘lsa, “Bolonya”ning gollari esa Zlatan Ibragimovich (49' avtogol) va Musa Barrou (52') hisobiga yozildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar