Ibragimovich haqida "Milan" muxlislari uchun yaxshi va yomon xabarlar bor

  • 13 oktabr, 2021, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich 16 oktyabr kuni Italiya A Seriyasining “Verona”ga qarshi bo‘ladigan navbatdagi turida “Milan”ga yordam berolmaydi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 40 yoshli futbolchi payshanbagacha mashg‘ulotlarda qatnashmaydi. Ammo u 19 oktyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidan o‘rin olgan “Portu”ga qarshi o‘yinda maydonga tushish imkoniyatiga ega.

Zlatan jarohati tufayli joriy 2021/2022 yilgi mavsumda bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi va 30 daqiqa harakat qildi. U ushbu yarim soat ichida “Latsio” darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.

“Milan” ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 19 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Napoli” hisobida 21 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!