Ibragimovich mavsum startini o‘tkazib yuboradi

  • 10 avgust, 2021, 16:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich tizzasidan olgan jarohatidan davolanishni davom ettirmoqda.

Tecno

39 yoshli shvetsiyalik futbolchi ayni shu jarohat sabab o‘tgan mavsum yakuni va “Evro-2020”ni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi.

Iyun oyida 39 yoshli futbolchining chap tizzasida artroskopik operatsiya o‘tkazildi, shundan so‘ng u hali ham to‘liq tiklanib ulgurmadi.

La Gazzetta dello Sport tarqatgan xabarga qaraganda, Ibragimovich mavsum startiga qadar safga qayta olmaydi. U katta ehtimol bilan sentyarda safga qaytadi.

Ibragimovich o‘tgan mavsum "Milan" safida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!