Ibragimovich "Milan"da qolishni xohlayapti, ammo...

  • 16 iyun, 2020, 21:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich hozircha yangi mavsumni qaerda boshlashi haqida yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Corriere della Sera nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi “rossonerilar” safida qolishni istamoqda. Ammo, shu bilan birga u erda yiliga 6 million evro maosh olishni ham xohlayapti. Bu esa o‘z navbatida “Milan” direktori Ivan Gazidisga yoqmayapti.

Zlatanda shuningdek B Seriyaga chiqqan “Montsa” klubi ham qiziqmoqda. Ushbu jamoa esa Ibragimovich uchun yaxshi tanish bo‘lgan Silvio Berluskoniga tegishli. Uni “Milan”ning sobiq rahbari Adriano Galliani boshqarmoqda.

Bundan avvalroq Ibragimovich o‘ziga tegishli bo‘lgan Shvetsiyaning «Xammarbyu» klubida ham o‘ynashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!