
Ibragimovich qachon faoliyatini yakunlashi ma’lum bo‘ldi
"Milan"ning 38 yoshli hujumchisi Zlatan Ibragimovich joriy mavsum so‘nggida faoliyatini yakunlashi mumkin deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Manbaning qayd etishicha, koronavirus pandemiyasi bu qarorga kelishda katta rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Joriy yilgi mavsumda shvetsiyalik forvard "rossonerilar" safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol kiritib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq "Milan" boshqaruvidan Paolo Maldini va Zvonimir Bobanlar ketsa, Donnarumma va Zlatan ham jamoani tark etishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar