
Ibragimovich tibbiy reglamentni buzdi
"Milan" klubining shvetsiyalik forvardi Zlatan Ibragimovich o‘z vatanida tibbiy reglamentni buzdi. Bu haqda Sportbladet nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Ibragimovich Shvetsiya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan "Xammarbyu" va "Estersund" (2:0) klublari bahsidan so‘ng, "Xammarbyu" jamoasi kiyinish xonasiga kirib, qoidani buzgan. Chunki, belgilangan tibbiy reglamentga ko‘ra kiyinish xonalariga faqatgina futbolchilar va murabbiylar kirishi kerak.
Aytish lozimki, Zlatan "Xammarbyu" klubi aktsiyadorlaridan biri hisoblanadi.
38 yoshli futbolchi mavsumning ikkinchi yarmini “Milan”da o‘tkazmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “rossonerilar” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar