Ibragimovich top-5 da eng ko‘p gol urganlar ro‘yxatida nechanchi o‘ringa ko‘tarilib oldi?

  • 11 yanvar, 2020, 21:13
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich A Seriyaning 19-turida "Kalyari" (2:0) ga qarshi kechgan bahsda gol urishga erishdi.

Bu shvetsiyalik futbolchining milanliklar tarkibiga qaytganidan keyin, urgan ilk goli bo‘ldi va uning top-5 ligalarda urgan gollari soni 269 taga etdi.

Shu qatorda, Zlatanning A Seriyadagi gollari soni 123 taga etdi. U APL ("Manchester Yunayted"), La Liga ("Barselona") va Liga 1 (PSJ) da ham faoliyat olib borgan.

Top-5 ligalarda eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida 38 yoshli hujumchi "Shalke"ning sobiq futbolchisi Klaus Fisherni ortda qoldirib, 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ibragimovichdan bir pog‘ona yuqorida "Latsio" klubida to‘p surgan Silvio Piola 274 ta gol bilan joy egallab turipti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!