Ibragimovich yana MYu ga qaytishga tayyor

  • 28 avgust, 2019, 12:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

AQShning “Los-Anjeles Gelaksi” klubi forvardi Zlatan Ibragimovich yana APLga qaytishga tayyor ekanligini bildirdi.

“Men sherman, odam emas. Hali APLda bemalol o‘ynay olaman. Agar “Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lsam, men shu erdaman. Lekin hozir “Gelaksi”da o‘ynayapman va shu bois bor e’tiborim mana shu jamoada.

“Manchester Yunayted”ning o‘yinlarini kuzatib boraman. Jumladan, “Kristal Pelas”ga qarshi o‘tkazgan so‘nggi o‘yinini ko‘rdim. Agar ular penaltini urishganida, natija butkul boshqacha bo‘lardi”, - deydi 37 yoshli shvetsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich 2016-2018 yillarda “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!