
Ibragimovichning faoliyatida bugun katta yangilik bo‘lishi kutilmoqda
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich bugun kun oxirigacha klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri ma’lum qildi.
Bugun 39 yoshli shvetsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola “rossonerilar” direktorlari bilan uchrashadi. Bundan avvalroq esa “Milan” sport direktori Paolo Maldini Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirish masalasida ish ketayotganini tasdiqlagan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ibragimovichning shartnomasi 2021/2022 yilgi mavsum oxirigacha uzaytiriladi va uning maoshi 7 mln evroligicha qoladi.
Zlatan Ibragimovich joriy mavsum “Milan” safida 25 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu o‘yinlarda 17 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar