Ibrohim Ibragimov Dubaydagi yig‘in va Xitoyga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi

  • 23.01.2026 21:54
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubay shahrida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirdi. "Paxtakor" klubi futbolchisi Ibrohim Ibragimov OʻFA matbuot xizmatiga intervyu berdi.

"Yigʻinni boshladik va jamoa bilan mashgʻulotlarga kirdik. Har bir futbolchi oʻzining maksimal imkoniyatini koʻrsatishga harakat qilmoqda. Murabbiyimiz taktik koʻrsatmalarini tushuntiryapti. Xitoyga qarshi oʻyinda uning topshiriqlarini toʻliq bajarishga intilamiz. Xudo xohlasa, bu yil ham yaxshi oʻynab, terma jamoa safida oʻz oʻrnimni mustahkamlashni istayman".

Shuningdek, u klub maqsadlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi:

"“Paxtakor” jamoasi oldiga ham yuqori maqsadlar qoʻyilgan. Bu mavsum barcha musobaqalarda gʻalaba qozonishni niyat qilganmiz. Superliga, O‘zbekiston kubogi hamda Osiyo Chempionlar ligasi–2 musobaqalarida ishtirok etamiz. Ushbu turnirlarda yaxshi natijalarni qoʻlga kiritishga harakat qilamizz", — dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!