Ibrohimovichni almashtiradigan payt keldi

  • 15 oktabr, 2021, 15:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” xo‘jayinlari “Torino” etakchisi Andrea Belotti transferini amalga oshirishga qaror qildi. Ular 27 yoshli hujumchini yozda erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi.

Tecno

Mavsum oxirida turinliklar bilan hamkorligi yakunlanadigan o‘yinchi kuchliroq klublarda o‘ynash maqsadida yangi bitimni qabul qilmayapti.

“Milan” murabbiylar shtabi Belotti 40 yoshga to‘lgan Zlatan Ibrohimovichga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda.

Milanliklar yanvar oyidayoq Belotti bilan shaxsiy shartnomani imzolab qo‘ymoqchi. Bu hujumchiga Milan shahrining yana bir jamoasi – “Inter” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!