
Igor Sergeev: Oldinga qarab intilishda davom etamiz
"Paxtakor" hujumchisi AGMKga qarshi bahsdan avval o‘z fikrlarini bildirdi.
- Muhim gollar urganimdan xursandman, aslida men uchun har bir kiritgan to‘pim qadrli. Bu jamoaga yordam berishidan baxtiyor bo‘laman. Ruhiy tomondan bu men uchun yaxshi, chunki ishonch paydo bo‘ladi.
Chempionlar Ligasidagi o‘yindan keyin jismonan yaxshi holatdamiz. Ruhan bir oz alamli mag‘lubiyatga uchradik, ammo murabbiyimiz aytganidek eng muhimi doimo navbatdagi uchrashuv. Bu tarixda qoldi. Endi oldinga qarab intilishda davom etishimiz lozim.
Ishtiyoqqa egamiz. Joriy yil chempion bo‘lishni maqsad qilganmiz. Eng katta ishtiyoq ham shu. Bellashuvga tayyorgarlik doimgidek olib borilmoqda. Ish va sharoitlar yuqori holatda davom etmoqda.
Fikrlar