Igor Sergeev QPLning eng qimmat futbolchilari o‘nligidan joy oldi

  • 5 oktabr, 2021, 17:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum avvalida Qozog‘iston chempionatiga ko‘chib o‘tgan Igor Sergeev o‘z jamoasi bilan chempionlik uchun kurash olib bormoqda.

"Tobol" jamoasi vakili hisoblanadigan legionerimiz liganing eng qimmat futbolchilari qatorida qayd etilmoqda. "SPORTS.kz" nashri Qozog‘iston Premer-ligasining eng qimmat 10 futbolchisi ro‘yxatini tuzib chiqdi:

1. Tigran Barsegyan, yarim himoyachi (Armaniston, «Astana») — 2,50 mln evro;

2. Yatsek Guralski, yarim himoyachi (Polsha, «Kayrat») — 2,30 mln evro;

3. Dino Mikanovich, himoyachi (Xorvatiya, «Kayrat») — 2,00 mln evro;

4. Nurali Alip, himoyachi («Kayrat») — 1,70 mln evro;

5. Rade Dugalich, himoyachi (Serbiya, «Kayrat») — 1,70 mln evro;

6. Igor Sergeev, hujumchi (O‘zbekiston, «Tobol») — 1,50 mln evro;

7. Neboysha Kosovich, yarim himoyachi (Serbiya, «Kayrat») — 1,30 mln evro;

8. Stas Pokatilov, darvozabon («Kayrat») — 1,20 mln evro;

9. Joao Paulu, hujumchi (Braziliya, «Kayrat») — 1,00 mln evro;

10. Dmitriy Shomko, himoyachi («Aktobe») — 1,00 mln evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!