Igor Sergeev to‘purar

  • 10 sentabr, 2021, 14:58
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. "Sherlar" matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

"Paxtakor"ning "Metallurg" bilan o‘zaro o‘yinlarda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchilar ro‘yxatini Igor Sergeev boshqarib turibdi.

Sergeev bekobodliklar darvozasini 9 marta ishg‘ol qilishga erishgan. Anvar Soliev hisobida 8 gol mavjud. Server Jeparov esa 6 bor to‘p kiritgan. Shuningdek, "Metallurg"dan Dilmurod Karimov ham jamoamiz darvozasiga shuncha gol urgan.

"Metallurg" bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
9 - Igor Sergeev
8 - Anvar Soliev
6 - Server Jeparov, Dilmurod Karimov
5 - Igor Shkvirin, Aleksandr Geynrix, Bahodir Pardaev
4 - Azamat Abduraimov, Leonid Koshelev, Ismael Gonsalvesh, Dragan Cheran, Zohid Abdullaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ал-химик
10/09/2021 15:30
Газни бос Игоржон