Iguain "Tottenxem"ga qarshi bahsgacha sog‘aymoqchi

  • 2 mart, 2018, 19:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi forvardi Gonsalo Iguain hamon jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmayapti.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra argentinalik to‘purar katta ehtimol bilan A Seriyaning navbatdagi turida “Latsio”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsni o‘tkazib yuboradi. Biroq, “keksa sinora” murabbiylar shtabi Iguainni 7 mart kuni Londonda “Tottenxem”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida maydonga tushishiga umid qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli futbolchi joriy mavsum jami 35ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 20ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!