Ikardi “Inter” tarixiga kirdi

Milanning “Inter” klubi hujumchisi Mauro Ikardi Italiya A Seriyasi 15-turidan o‘rin olgan “Kevo”ga qarshi bahsda gol kiritishga erishdi. Bu uning  “neradzurrilar” safida kiritgan 94-goli bo‘ldi.

Shu tariqa, argentinalik forvard klub tarixida eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchidan biriga aylandi.

24 yoshli hujumchi bugungi goli bilan bu borada 94 ta golga ega bo‘lgan Mario Korsoga tenglashib oldi. Uning keyingi “nishoni” esa Ermanno Aebidir – 106 ta gol.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!