Ikardi kelgan joyiga qaytishi mumkin

  • 26.05.2021 16:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus", "Milan" va "Roma" klublari PSJ hujumchisi Mauro Ikardining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, A Seriya grandlari 28 yoshli argentinalik futbolchini shu yozda tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. O‘z navbatida Parij klubi ham Ikardini sotib yuborishga tayyor, faqat uning uchun kamida 40 million evro talab qilmoqchi.

Ikardi yakunlangan mavsum PSJda jami 28 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 13 ta gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Mauro PSJ safiga 2019 yilda “Inter”dan ijara asosida kelib qo‘shilgan va 2020 yilda to‘liq shartnoma imzolagan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!