
Ikardi va Immobile A Seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘lishdi
Xabaringiz bor kecha A Seriyaning so‘nggi 38-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra "Latsio" forvardi Chiro Immobile va "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi eng yaxshi to‘purar nomini qo‘lga kiritdi. Har ikkala futbolchi ham bu mavsum chempionatda raqiblari darvozasini 29 martadan ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. Argentinalik futbolchi ushbu gollarning 6tasini penaltidan urgan bo‘lsa, italiyalik futbolchida ushbu ko‘rsatgich 7tani tashkil etadi.
Bundan tashqari Immobile jamoasining 9ta goliga assistentlik qilgan bo‘lsa, Ikardida bu ko‘rsatgich bor yo‘g‘i 2tani tashkil etadi.
Fikrlar