Iker Kasilyasning yangi kurashi yoki chempionning prezidentlik sari yo‘li

  • 14 mart, 2020, 14:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Xayrli kun, men Iker Kasilyasman. Bu esa telefon raqamim”

 Yaqinda shunday matnli xabar WhatsApp orqali Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (IQFF) hududiy tuzilmalaridagi 19 rahbariga Iker Kasilyas nomidan kelib tushgan. Real, Portu va terma jamoaning afsonaviy darvozaboni fevral o‘rtalarida kar’erasini yakunlab boshqa bir faoliyat haqida o‘ylay boshladi.

 Hozircha saylovlarning Rubiales ta’kidlayotganidek, Evropa chempionati boshlanguncha yoki reglamentda ko‘rsatilganidek kuzda bo‘lishi ham so‘roq ostida. Bu esa har ikki tomon uchun o‘ng kelishi mumkin, ammo, hozircha shunisi aniqki, agar saylovlar Evro-2020 gacha tashkil etilsa, unda joriy prezidentning qayta saylanishi ehtimoli juda yuqori.

 Tahlilchilar bu saylovlarda Kasilyasning imkoniyati past ekanini, uning oldingi xizmatlari bu ishda foyda bermasligi mumkinligini tahmin qilishmoqda, qolaversa hozircha federatsiya a’zolari Rubilesga sadoqat izhor qilishlari ehtimoli ko‘proq deb baholanayapti. Bu kurashda qahramonimizning qattiq ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

 Hozircha saylovlarning Rubiales ta’kidlayotganiday Evropa chempionati boshlanguncha yoki reglamentda ko‘rsatilganiday kuzda bo‘lishi ham so‘roq ostida. Bu esa har ikki tomon uchun o‘ng kelishi mumkin, ammo, hozircha shunisi aniqki agar saylovlar Evro-2020 gacha tashkil etilsa, unda joriy prezidentning qayta saylanishi ehtimoli juda yuqori. 

Shunga qaramay, Kasilyas oson jon beradiganlardan emas.

Bir safar mashg‘ulot paytida infarkt tashxisini olib, keyinchalik shifokorlardan yuragi bilan bog‘liq muammolar haqida xabar topgach, maydonga qayta olmasligi aniq bo‘lib turganda ham taslim bo‘lmagandi.U qayta tiklanish davrini o‘tib yana mashg‘ulotlarga qaytgan edi. Faqatgina 38 yoshida, deyarli hamma cho‘qqilarni zabt etib bo‘lgach, o‘yinchilik faoliyatiga yakun yasash fikriga keldi. Ammo shunda ham futbol olamidandan ketmoqchi emas.

Bugun “Real” muhlislari yoqimtoyi o‘ziga hayrixoh kishilar ko‘magi bilan raqibini engishni rejalashtirgan.  Uning raqibi funktsionerlar orasida mavqega ega, ammo, unda Kasilyasdagi o‘yin tajribasining yuzdan biri ham yo‘q.Hozircha sobiq “Real”chiga kim yon bosishi,  uning ishongan kishisi kim bo‘lishi unchalik ham aniq emas, ammo, ular Rubiales tarafdorlaridan bir necha pog‘ona baland shaxsiyatlar ekanligi tayin.

Aytishlaricha, Karles Puyol va Andres Inesta Kasilyasga bo‘lgan iliq munosabatlari tufayli shular jumlasidan bo‘lishlari mumkin emish. Qachonlardir ularning yaqin munosabatlari elklassikodan keyin terma jamoaning kiyinish xonasida bo‘ladigan vulqonlarni o‘chirishda asqotar edi. Bugun Ikerning shaxsiy munosabatlari ispan futboli iqlimini o‘zgartirib yuborsa ajab emas.

 Uning taktikasi yana shuni nazarda tutadiki, ispan futboli ortiq hukumat tomog‘iga tiqilgan suyak bo‘lmaydi. Rubialesdan farqli o‘laroq, aytishlaricha Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchesning yaqin yordamchilariga Kasilyas tomonidan yuborilgan ”elchi”ga ko‘ra futbol ichki siyosatda ommani qo‘zg‘ovchi emas, aksincha, birlashtiruvchi vositaga aylanadi. Lekin rasmiy doira  haqiqatdan shunday ish bo‘lganini ko‘pchilik inkor etmoqda. 

 Shubhasiz, ispaniyalik muhlislar orasida Kasilyas IQFF prezidenti lavozimiga 1-raqamli da’vogar, lekin muhlislarning ovoz berish vakolati yo‘qligi bois Iker 139 vakilni ushbu o‘ringa  aynan uning o‘zi to‘g‘ri tanlov bo‘lishiga ishontira olishi shart. Muammo shundaki 140-ovoz egasi uning raqibi Rubialesning o‘zidir.

U amalda 19 hududiy birlashmalarga bo‘lgan ta’siri ortidan juda ko‘p ovozni boshqara olish darajasida turibdi. O‘z vaqtida juda ko‘p hududiy rahbariyat vakillari uzoq 29 yil mobaynida sobiq IQFF rahbari bo‘lib turgan  Anxel Mariya Vilyarning “bo‘ynidan bog‘langan itlari” edi. Ammo, aynan o‘shalar Vilyarning ortidan pichoq sanchib, lavozimdan quruq qoldirishgan.

O‘shanda Ispaniyada korruptsion to‘polonlar sodir etilgan va bu ishlarga sababchilarning 7 tasi  hozirgi 19 rahbarlar safidagi kishilar edi. Shunga qaramay Rubiales ularga yordam qo‘lini cho‘zib, qonun ta’qibidan himoya qilib kelmoqda. “Sendan ugina bendan bugina” deganlaridek, ular 2018-yil Rubialesni rahbariyatga kelishiga zamin yaratib bergandilar.

Rubialesni ham hayajonlanishiga asoslar bor. Uning mavqei turli mojarolar va haligacha fosh qilinib kelinayotgan taftishlardan ancha aziyat chekkan. FIFA VA UEFA Blatter va Platini ishlaridan keyin shaffoflik masalasiga ehtiyotkorroq yondoshmoqda.
Ustiga ustak UEFA  Rubialesning Ispaniya Superkubogini jinsiy tengsizlik sababli Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi borasidagi qarorini bir necha bor tanqid ostiga olgan.

Shuningdek Rubialesga Ispaniya termasi murabbiyi bilan bo‘lgan tushunarsiz holatni eslatib qo‘yishlari mumkin.
Xulen Lopetegi, Robert Moreno va Luis Enrike bilan yuz bergan voqealar ham hali unut bo‘lmagan.  Rubiales qo‘llayayotgan uslublarni hech kim yoqtirmasligi aniq, lekin hozircha ho‘jayinlariga rasman yordamchi bo‘lib turishibdi.

Kasilyasning ustunliklari qaysilar?

Uning tarafida hozirdanoq Madrid va Kastiliya-Leon turib berishga tayyor.
Mish-mishlarga qaraganda yana to‘rt provintsiya qo‘llab-quvvatlashga kirishish uchun muzokaraga shay.  Lekin La Liga xo‘jayini va Rubialesning  jiddiy muholiflaridan biri bo‘lmish Xaver Tebasning ishonchini qozongani Ikerning eng katta yutug‘idir. Aynan Tebas nafaqat professionallar, balki havaskorlarni ham Kasilyas tarafiga og‘dirib berishga qodir.  Xullas, Ispaniyada boshidanoq Kasilyas Tebasning IQFF prezidentligi uchun hozirlagan yaratig‘idan boshqa narsa emas degan qarash mavjud edi.

Ammo Tebas bilan chambarchas hamkorlik Kasilyasning funktsionerlik faoliyati uchun hatarli bo‘lishi mumkin. Gap shundaki La Liga xo‘jayini FIFA va UEFA tomonidan qattiq tanqid ostiga olingan g‘oyalarga ega. Xususan, Tebas La Liga o‘yinlarining ayrimlarini okean ortida o‘tkazib, natijada iqtisodiy qudratni yaxshilash va muhlislar safini kengaytirishni targ‘ib qiladi.

Agar Kasilyas Tabas bilan masofa saqlamasa uning IQFF rahbari sifatida saylanish masalasi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi turgan gap.

Ko‘rib turganingizdek, ehtimollar juda ko‘p va amalda nimalar yuz berishini tahmin qilish hozircha ilojsiz. Bir narsa aniqki, bu Iker uchun uning eng qattiq kurashi bo‘ladi, hatto jahon birinchiligi yoki chempionlar ligasi finallaridagi bellashuvlarini ham qo‘shib hisoblaganda. Bunda g‘alaba uchun nafaqat qahramonona harakatlar, balki, avvaldan ishlangan taktika va jamoadagi ishonchli sheriklar talab qilinadi.

Kasilyasning IQFF prezidentligi tomon intilayotgani  faqat muayyan bir lavozim emas, qolaversa, uning millat qahramoni mavqeini egallashini ham ko‘zda tutadi. Tarix qahramonlarning quvg‘inga aylanib qolganini ko‘p bora guvohi bo‘lgan va Iker o‘zinig hayotida shu kabi ish yuz berib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!