Ikkala bo‘limda ikkita gol yoxud "Burgutlar"dan "Bobur arena"da mutlaq hukmronlik
Superliganing 4-turida “Andijon” jamoasi oʻz maydonida Muborakning “Mashʼal” klubini qabul qildi. Bosh murabbiy Samvel Babayan futbolchilarni uchrashuvga jiddiy tayyorladi va yakunda “Burgutlar” oʻz maqsadiga erishishdi.
Oʻyin davomida esa turli voqealar yuzaga keldi. Jumladan, mezbonlar futbolchisi Igor Golbanga raqib jiddiy jarohat yetkazdi va uning peshonasida yiritilish kuzatildi. Bosh hakam esa raqib oʻyinchisini maydondan chetlatdi. 19-daqiqada hujumchi Martin Boake raqibning xatosidan unumli foydalanib, oʻyinda hisobni ochishga muvaffaq boʻldi.
Bahs mobaynida ustunlikka erishgan “Andijon” raqib darvozasi oldida koʻplab imkoniyatlarni yaratdi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Doniyor Abdumannopov 77-daqiqada raqib jarima maydoni ichiga kirib bordi va aniq zarbasi bilan hisobni oshirdi. Shuningdek, "Burgutlar" darvozaboni Rahimjon Davronov ham ayrim holatlarda oʻz seyvini namoyish qildi.
Endi “Andijon” keyingi oʻyini 3 aprel kuni safarda “Nasaf”ga qarshi oʻtkazadi.
“Andijon” – “Mashʼal” – 2:0 (1:0).
19 mart. Andijon. “Bobur arena” stadioni. 4104 tomoshabin.
Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Shoxruh Aʼzamov, Azizbek Isaqov
Zaxira hakami: Olim Toʻychiboyev
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Xayriniso Erkinova
Nazoratchi: Olimjon Abduvasilov
Komissar: Oybek Davletmuratov
“Andijon”: Rahimjon Davronov, Igor Golban, Nemanya Chalasan, Islom Toʻxtaxoʻjaev (Jamshid Boltaboyev, 70), Mahmud Maxamadjonov, Aleksandr Andronikashvili (Muhammadkarim Toirov, 85), Damir Temirov, Pўltaxoʻja Xoldorxonov (Doniyor Abdumannopov, 65), Azizbek Turgʻunboyev (Imeda Ashortia, 85), Dragan Cheran, Martin Boake (Xumoyunmirzo Iminov, 85).
“Mashʼal”: Doston Toʻxtaboyev, Samandar Ochilov (Viashima Ayagva, 46), Sherzod Fayziev, Zafar Akramov (Shahboz Jўraev, 76), Muhammadali Aliqulov (Nuriddin Nuriddinov, 44), Roman Xadjiev, Abdul Rashid Abubakar, Ergas Ismoilov, Ibrohim Gʻanixonov, Avgustin Chidi Kvem (Vlatko Stoyanovski, 65), Xumoyun Murtazoev (Nurjahon Muzaffarov, 65).
Gollar: Martin Boake, 19 – 1:0. Doniyor Abdumannopov, 77 – 2:0.
Ogohlantirishlar: Pўltaxoʻja Xoldorxonov, 17. Azizbek Turgʻunboyev, 45+6 – Ergas Ismoilov, 8. Zafar Akramov, 36.
Chetlatish: Ibrohim Gʻanixonov, 12.

Fikrlar