Ikki grand Angliya terma jamoasi oʻyinchisi uchun kurash boshlandi

  • 16.09.2026 05:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya premer-ligasining bir qator top-jamoalari yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish rejasida. Manbalarga ko‘ra, Londonning «Chelsi» va «Arsenal» klublari «Nottingem» tarkibida to‘p surayotgan 26 yoshli yarim himoyachi Morgan Gibbs-Uayt bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o‘rganmoqda. 

Bu haqida Hooligan Soccer nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, futbolchiga bo‘lgan qiziqish faqat londonliklar bilan cheklanmaydi. Gibbs-Uayt xizmatlariga «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» ham da’vogarlik sifatida qayd etilgan. Ehtimol, uning yangi jamoaga o‘tishi qishki transfer oynasi davomida amalga oshirilishi mumkin.

Morgan Gibbs-Uayt 2022 yildan buyon «Nottingem» sharafini himoya qilib kelmoqda. U bundan oldin «Vulverxempton» tarkibida o‘ynagan. Joriy mavsumda yarim himoyachi klub safida uchta uchrashuvda maydonga tushdi, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va bir marta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!