Ikki mashhur bokschi o‘lim bilan olishmoqda
Boksni yoritib kelayotgan nufuzli manbalardan biri vringe.com sayti ikki professional bokschi hayotini saqlab qolish uchun o‘lim bilan olishayotgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Kongolik og‘ir vaznli charm qo‘lqop ustasi Ardi Ndembo professional ringda sakkizta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan va ettita bellashuvda raqiblarini nokautga uchratgan edi.

Ardi o‘tgan hafta professional boks bo‘yicha jamoaviy chempionat – Team Combat League musobaqasida qatnashib, ikkita uchrashuvda ikkita nokaut qayd etgan kubalik Nestor Santanaga qarshi ringga ko‘tarildi.
Team Combat League turniridagi barcha janglar bir raunddan davom etadi va shu bois BoxRec platformasi reytinglariga kiritilmaydi.
Nestor Santana birinchi raunddayoq o‘zidan tajribaliroq bo‘lgan Ardi Ndemboni nokautga uchratdi.
Bu zarba kongolik sportchiga og‘irlik qildi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bokschi o‘lim bilan olishmoqda va shifokorlar uni sun’iy komaga tushirish orqali hayotini saqlab qolishga urinmoqda.
Yana bir fojiali holat professional faoliyatini davom ettirayotgan 45 yoshli Uilli Limond bilan bog‘liq.

Professional ringda 42 ta g‘alaba (13 ta nokaut), oltita mag‘lubiyat qayd etgan Buyuk Britaniyaning sobiq chempioni mashinani boshqarib ketayotgan paytda insultga uchragan.
Manbalar taniqli bokschining ahvoli juda og‘ir ekanini aytmoqda.
Qizig‘i shundaki, Uilli Limond 3 may kuni Shotlandiyaning Glazgo shahrida o‘z hamyurti Jo Lous (14-2, 5KO) bilan kuch sinashishi belgilangan edi.
“Bavariya” masalasi yana ko‘tarildi. Fayzullaev va TsSKA munosabat bildirdi!
Ana xolos: Ukrainada to‘purar legionerimizni esga olishdi
Fayzullaev chempionlik, “Bavariya” va Evropaga ketish haqida gapirdi
Fikrlar