
Ikki nafar bokschimiz final janglarida ringga ko‘tarildi
Rossiyaning Sochi shahrida qariyb bir hafta davom etgan boks bo‘yicha "Liga stavok" turnirida bugun final janglari bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda Murat Gassiev va Sultan Ibragimov jamoalari finalda o‘zaro duch keldi.
Ma’lumki, Murat Gassiev jamoasi tarkibida ikki nafar bokschilarimiz ham chempionlik uchun bahs olib bordi. 59 kg vazn toifasida Osiyo chempionati sovrindori Shukurjon Rahimov Arshak Tovmasyanga qarshi ringga ko‘tarilib, 38:38 natija qayd etdi. Yakunda, so‘nggi raundda raqibning ustunligi tufayli, yutuq Tovmasyanga taqdim etildi. 75 kg vaznda O‘zbekiston chempioni Odiljon Aslonov esa Murad Rabadanovga qarshi bahs olib bordi va ochkolar hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Fikrlar