Ikki nafar hamyurtimiz jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

  • 17.06.2026 22:30
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Ot sporti
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

18-23 avgust kunlari Germaniyaning Axen shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Xalqaro ot sporti federatsiyasi mazkur musobaqaning saralash davri boʻyicha yakunlarni eʼlon qildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Abdurahmon Abdullaev va Bekzod Qurbanov dunyo birinchiligida qatnashish huquqini qoʻlga kiritishdi. Chavandozlarimiz jahon chempionatida 155 va 160 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash bahslarida oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrishadi. 

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!