
Ikki nafar para suzuvchimiz jahon seriyasida shohsupaga ko‘tarildi
Joriy yilning 7-9 iyun kunlari Frantsiyaning Limoj shahrida para suzish bo‘yicha jahon seriyasiga kiruvchi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.
E’tiborlisi, ushbu musobaqada ikki nafar vakilimiz sovrinli o‘rinlarni egalladi. Jumladan, ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida startga chiqqan hamyurtimiz Muslima Odilova barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 200 metr masofaga kompleks usulda suzish bo‘yicha finalda Shoxsanam Toshpo‘latova marraga ikkinchi bo‘lib etib keldi va delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.
Fikrlar