Ikkinchi davradagi El Klasiko sanasi va vaqti ma’lum bo‘ldi
La Liganing ikkinchi davrasidagi El Klasiko sanasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Cope nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "Real" 1 mart kuni "Santyago Bernabeu"da "Barselona"ni qabul qiladi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki klasiko 26 oktyabr kuni “Kamp Nou”da Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

Fikrlar