Ikrom Aliboev: "Biz professionalmiz va har qanday muhitga ko‘nikishimiz kerak"

  • 11 noyabr, 2021, 17:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Srechko Katanets boshchiligida mashg‘ulotlarini davom ettiryapti.

Yig‘inga taklif qilingan o‘yinchilar orasida Janubiy Koreya chempionatida to‘p surayotgan legionerimiz Ikrom Aliboev ham bor.

O‘FA matbuot xizmati ushbu futbolchining klubidagi va terma jamoadagi faoliyatiga doir fikrlari bilan qiziqdi.

- Holatim yaxshi. Garchi klubimdagi oxirgi o‘yinlarda ishtirok etmagan bo‘lsam-da, holatimni yaxshi deb o‘ylayman. Jamoamiz o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajargani uchun menga biroz dam berishdi Mavsum oxirida esa muhim vazifamiz turibdi. K-1 ligasiga chiqishimiz kerak. K-1dan tushib ketayotgan jamoa bilan o‘ynaymiz. G‘alaba qozonsak, kuchlilar orasiga chiqamiz.

aliboev_1

Terma jamoaga kelsak, muhit a’lo darajada. Murabbiy o‘zgardi, jamoada ko‘p yangi va yosh o‘yinchilar bor. Jarohatimga kelsak, operatsiya qildirgan joyi yaxshi. 100 foiz tayyorman, hammasi yaxshi. Nima bo‘lgan taqdirda ham biz professionalmiz va har qanday muhitga ko‘nikishimiz kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!