
Ikrom Aliboev: Milliy terma jamoamizning 2017 yilda JChga chiqishiga tilakdoshman
Aziz futbol ishqibozlari! Mana sekin-asta 2016 yil ham yakunlanib bormoqda. Bir necha soatdan so‘ng yangi – 2017 yil kirib keladi.
“Lokomotiv” futbol klubi vakillari Yangi Yil bayrami munosabati bilan siz – aziz ishqibozlarga bayram tabriklari tayyorlashdi. Jumladan, jamoamizning yosh va shijoatli yarim himoyachilaridan biri Ikrom Aliboev quyidagicha bayram tabrigini yo‘lladi.
— Butun futbol ahlini kirib kelayotgan yangi – 2017 yil bilan tabriklayman. Sog‘lik va baxt sizlarni hech qachon tark etmasin. Nimaiki niyat qilgan bo‘lsangiz, hammasiga etib yuringlar! Muxlislik qiladigan klubingiz har doim ham yutib, chiroyli g‘alabalarga erishib, sizni xushnud etib yursin. “Lokomotiv” jamosiga ham kelayotgan yil oldingisidanda omadaliroq bo‘lishini tilayman! Qolaversa, milliy terma jamoamizning ham JChga chiqishiga tilakdoshman, — deydi mahoratli futbolchi.
Fikrlar