Ikrom Aliboev: "Qo‘qon-1912" bilan bahsga yaxshi hozirlik ko‘rdik

  • 25 oktabr, 2017, 13:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Bugun "Lokomotiv" "Qo‘qon-1912" jamoasini qabul qiladi. Mazkur o‘yin oldidan "temiryo‘lchilar" jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

- Ushbu o‘yinga juda yaxshi hozirlik ko‘rdik. O‘yin oldidan “Qo‘qon-1912” jamoasini ancha o‘rgandik. Mazkur klub yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Ularda yaxshi jamoa shakllangan. Lekin biz har bir o‘yinda faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Bu safar ham maqsadimiz faqat va faqat zafar quchish. Umid qilamanki, bugun o‘z muxlislarimizga quvonch taqdim eta olamiz, - deydi mahoratli futbolchi klub matbuot xizmatiga.

Ta’kidlab o‘tamiz, "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" matchi soat 16:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!