Ikrom Aliboev yana Janubiy Koreyaga qaytdi. Uning yangi jamoasi nomi ma’lum!

  • 4 yanvar, 2024, 12:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘tgan mavsumni Janubiy Koreyaning K-liga 1 chempionatida “Kanvon” sharafini himoya qilgan hamyurtimiz Ikrom Aliboev atrofida turli gap-so‘zlar yugandi. Boisi, “Kanvon” bilan xayrlashgan legionerimizga bir qator jiddiy takliflar bo‘lgani sir emasdi. Lekin yakunda Aliboev yana Janubiy Koreyaga qaytishga qaror qildi.

Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, “Seongnam” klubi futbolchimizga jiddiy taklif bilan chiqdi. Natijada Ikrom kuni kecha yana Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi. Ushbu klub K-liga 2 da ishtirok etmoqda.

“Seongnam” Aliboevga ikki yillik shartnoma taklif qildi. Yodingizda bo‘lsa, mazkur jamoada o‘z vaqtida Jamshid Iskanderov ham to‘p surgan.

Aliboevga shuningdek, Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi ham jiddiy qiziqish bildirgandi. Bundan tashqari, unga Saudiya Arabistoni chempionatining birinchi divizionida ishtirok etayotgan “Al-Jabalayn” ham Aliboevga ko‘z tikayotgandi. Bu klub elitaga qaytish uchun kurashmoqda. Lekin yakunda Ikrom “Seongnam”ni tanladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!