Iliya Topuriya: "Ali Abdel-Aziz yulduzini urmaganim uchun menga rahmat aytishi kerak"
Yarim engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya rossiyalik Islom Maxachevning menejeri Ali Abdel-Azizga keskin gaplarni aytdi.
"Islom ajoyib yigit. Biroq Ali o‘z yulduzini urmaganim uchun menga rahmat aytishi kerak... Maxachev bilan jangimizni hamma ko‘rishni xohlagan edi. Ammo u mendan qochib, yarim o‘rta vaznga o‘tib ketdi" - dedi Topuriya matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, 14 may kuni Islom Maxachev yarim o‘rta vazn toifasiga o‘tayotgani va engil vazndagi chempionlik kamarini bo‘sh qoldirishi rasman e’lon qildi. Endi bu vakant kamar uchun Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra o‘zaro kurash olib boradi.



Fikrlar