Iliya Topuriya keyingi jangini kimga qarshi o‘tkazmoqchi?

  • 17.01.2026 09:07
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Yengil vaznda UFC chempioni Iliya Topuriya UFC dagi keyingi jangini qachon va kimga qarshi o‘tkazmoqchiligini aytdi.

"Tan olishim kerak, hozir ba'zi muammolar qurshovida turibman. Biroq barchasi tez orada o‘z iziga tushishiga ishonaman. Reja bo‘yicha, aprel-iyun oylarida Peddi Pimblett va Jastin Getji to‘qnashuvi g‘olibiga qarshi oktagonga chiqaman", - deb yozdi Iliya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma'lumot uchun, Topuriya birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan holda, 17 ta jangdan iborat g‘alabali seriya qayd etib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!